Koloproktolog · xirurg · Toshkent
Gemorroy, anal yoriq, oqma va paraproktit bilan ishlaydigan proktolog-xirurg. Qabul Milliy Tibbiyot Markazining koloproktologiya bo’limida.
Qabulda ko’riladigan holatlar
Bu mavzuda ko’pchilik uyaladi va murojaatni kechiktiradi. Bu oddiy tibbiy muammolar, ularni o’z vaqtida ko’rsatish davolashni osonlashtiradi.
Anal sohada qon ketishi, og’riq, tugunlar tushishi, o’tirganda noqulaylik.
Ich kelganda o’tkir og’riq va qon izi. Oddiy yara emas, shifokor ko’rigi kerak.
Anal sohada doimiy yoki qaytalanuvchi yiringli ajralma, teshik, shish.
Anal sohada qizarish, shish, kuchayib boruvchi og’riq, ba’zan isitma. Kutish xavfli.
Dumg’aza ustida yallig’lanish, yiringlash va qaytalanuvchi og’riq.
Surunkali ichak yallig’lanishi: qonli yoki shilliqli ich ketish, qorin og’rig’i.
Uzoq davom etadigan qabziyat va ich kelishdagi qiyinchiliklar.
Zarur holatlarda operatsiya, shu jumladan laparoskopik usullar. Qaror ko’rikdan keyin qabul qilinadi.
Qabul
Savol-javob
Proktologik ko’rik shifokor uchun kundalik ish. Maqsad tashxis qo’yish va yordam berish. Savol va xavotirlaringizni ko’rikdan oldin ochiq aytishingiz mumkin.
Ko’rik va maslahat 209 000 so’m. Qo’shimcha tekshiruvlar va davolash narxi ko’rikdan keyin tashxisga qarab aytiladi.
Oldingi tahlil natijalari, xulosalar va ichak yoki anal sohaga oid yozuvlaringiz bo’lsa, oling. Hozir ichayotgan dorilar ro’yxatini ham yozib keling.
Ha, oldindan Telegram yoki telefon orqali yozing. Shunda vaqt kelishiladi va yo’lga chiqishdan oldin nimaga tayyor bo’lish aytiladi.
Yo’q. Saytdagi va ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlumot umumiy xarakterda. Tashxis va davolash faqat shifokor ko’rigidan keyin belgilanadi.